24/01/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan  (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 11 287,7 ming tonnani tashkil etgan.

Ulardan 9 174,6 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 81,3 %), avtomobil transporti orqali esa 2 112,1 ming tonna yuk tashilgan (jamiga nisbatan 18,7 %).