23/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 580 tani, shundan qo‘shma korxonalar 524 ta va xorijiy korxonalar 1 056 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Savdo sohasida – 513 ta
  • Sanoat sohasida – 673 ta
  • Qurilish sohasida – 72 ta
  • Axborot va aloqa sohasida – 15 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 91 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 36 ta
  • Tashish va saqlash sohasida – 30 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 10 ta
  • Boshqa sohalarda – 140 ta