19/01/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 30 130,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,3 %ga ko‘paydi.

Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 888,0 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 26 242,8 mlrd. so‘mni , shu jumladan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 499,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.