18/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 295 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 195 tani tashkil qildi (ulushi 9,3 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 385 ta
  • Toshkent tumani – 334 ta
  • Qibray tumani – 326 ta
  • Chirchiq shahri – 308 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 1 991 ta
  • sanoat sohasida – 568 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 409 ta
  • boshqa turlar – 494 ta
  • qurilish– 210 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 225 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 162 ta
  • axborot va aloqa – 65 ta
  • tashish va saqlash – 71 ta