11/01/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 579,2 ming tonna sut sogʻib olingan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga oshgan.

Sogʻib olingan sut umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,2 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo (10,9 %), Xorazm (10,7 %) va Fargʻona (9,4 %) viloyatlarida ham sogʻib olingan sutning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.