10/01/2024

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 11 064,1 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 39,4 %ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Ohangaron tumani (2 046,8 mlrd. so‘m), Quyi Chirchiq tumani (1 548,7 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (881,0 mlrd. so‘m), Angren shahri (820,0 mlrd. so‘m), Yuqori Chirchiq tumani (711,7 mlrd. so‘m), Qibray tumani (676,3 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (600,2 mlrd.so‘m) hamda O‘rta Chirchiq (599,9 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.