06/01/2024

Toshkent viloyatida taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmi 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida jami 693,9 mlrd. so‘mnga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish su‘rati 107,0 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi Chirchiq shahrida qayd etilgan (202,7 mlrd. soʻm) va o‘sish sur’ati 120,9 %ni tashkil qildi. Eng kam ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi  O‘rta Chirchiq tumanida (4,6 mlrd. soʻm) qayd etilgan hamda o‘sish sur’ati 120,1 %ni tashkil etdi.