04/01/2024

Joriy yilning yanvar-noyabr oylaridaToshkent viloyatida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 20,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,8 %ni, uning jami sanoatdagi ulushi 22,2 %ga to‘g‘ri keldi.

Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Ohangaron tumaniga to‘g‘ri kelib 18,4 %ni, shuningdek, Qibray tumani – 10,2 %ni, Bekobod shahri – 10,9 %ni hamda Ohangaron shahri – 8,8 %ni tashkil etdi.