28/12/2023

Joriy yilning 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent Moliya institutida master-klass tashkil qilindi.

1

2

Master-klass Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Z.T. Yuldoshev tomonidan “Oʻzbekistonda aholi demografiyasi, aholini roʻyxatga olishning dolzarb masalalari” mavzusida olib borildi.

3

4

Tadbir davomida mamlakatimizda aholining joriy hisobi yuritilishi, demografik koʻrsatkichlarning shakllantirilishi, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan maʻruza qilindi.

5

Institutning pedagog xodimlari mavzu boʻyicha yangi bilimlarga ega boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.