28/12/2023

Joriy yilning 19-26- dekabr kunlari mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2023” bo‘lib o‘tdi.

1

Mazkur haftalik doirasida bir qator treninglar va uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan:

2

19-22-dekabr kunlari, 153 ta davlat o‘rganlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan 200 dan ziyod rahbar va xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar sohasidagi yutuqlari, muammolari va istiqboldagi rejalari” mavzusida o‘quv-trening tashkil etildi.

3

Ushbu treninglar Statistika agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

4

20-dekabr kuni O‘zbekistonda ochiq maʻlumotlar sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar mavzusida Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

5

22-dekabr kuni Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda BIG DATA, sunʼiy intellekt va elektron tijorat: muammolar, vazifalar, yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, 26-dekabr kuni Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ofisi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi.