28/12/2023

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida  viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 30,7 mln.so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq (217 776,1 ming so‘m), Ohangaron (105 228,4 ming so‘m) va Bekobod (90 140,5 ming so‘m) shaharlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (30 677,2 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda.