25/12/2023

2023- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Toshkent viloyatida 1 731,6 mln. AQSh dollari qiymatdagi tovar va xizmatlar eksport qilindi. 2022- yilning shu davriga nisbatan 93,2 %ni tashkil qildi.

 Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (62,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (13,2%), turli xil tayyor buyumlar (13,0 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,1 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (4,0 %), shuningdek, mashina  va transport asbob-uskunalari (3,3 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.