21/12/2023

Joriy yilning 21- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i J.Rafikov hamda Chirchiq shahar statistika bo‘limi boshlig‘i E.Axmedov ishtirokida Chirchiq shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.