19/12/2023

2023- yil yanvar- noyabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 5 242,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 249,6 mln. AQSh dollariga yoki 5,0 %ga ko‘paygan.

Viloyatning tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 43,7 %ni hamda o‘zgarish sur’ati 2022- yilning shu davriga nisbatan 96,1 %ni tashkil etdi.

Boshqa xorijiy davlatlarning viloyat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 56,3 %ni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 %ni tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport  hajmi 1731,6 mln. AQSh dollariga va import hajmi 3510,9 mln. AQSh dollariga yetdi.