19/12/2023

Joriy yilning 19- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi S.Zoirboev hamda Zangiota tumani statistika bo‘limi boshlig‘i S.Qosimov ishtirokida Zangiota tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4- sanoat (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.