15/12/2023

2023– yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 9,1 %i fermer  xo‘jaliklari hissasiga, 86,2 %i dehqon (shaxsiy yordamchi)  xo‘jaliklariga, 4,7 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga  mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 29,4 %i fermer xo‘jaliklariga, 64,1 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 6,5 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shunga mos ravishda otlarning umumyiy sonidan  18,6 %i fermer xo‘jaliklariga, 76,1 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 5,2 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 2,8 %i fermer xo‘jaliklariga, 54,5 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 42,7 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.