15/12/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat boʻyicha koʻrsatilgan transport xizmatlari hajmi 5 800,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 22,8 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida nisbatan yuqori hajmlar Chirchiq shahrida (482,8 mlrd. soʻm), Qibray (433,1 mlrd. soʻm), Yuqori Chirchiq (404,1 mlrd. soʻm), Yangiyo‘l (399,1 mlrd. soʻm) tumanlarida hamda Angren shahrida (396,0 mlrd. soʻm) qayd etilgan.