13/12/2023

Joriy yilning 13- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Toshkent tumanining 18-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-PF-5655 -sonli qonunining  mohiyati va mazmunini tushuntirish  yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, yashash shart-sharoitlarini yaxshilash va boshqa ma'lumotlar haqida axborot berdi.