13/12/2023

Joriy yilning 7- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi yosh xodimlarni korxonalarga ekskursiyalarini tashkil qilish va hisobotlarni shakillanish jarayonini o‘rganish maqsadida Chirchiq shahridagi "CHIRCHIQ KIMYO-INDUSTRIAL TEXNOPARKI DIREKSIYASI" Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.