06/12/2023

Joriy yilning 6- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining tarmoq va hududiy statistika bo‘limlarida Statistika agentligi tomonidan 2023- yil 20-29- noyabr kunlari o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan Agentlikning sayyor  Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z. Ziyayev, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshlig‘i N. Sheraliyev, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F. Berdibayev, Tarmoq boshqaruvi va texnik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi U. Nazirov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z. Ziyayev Hay’at yigʻilishini ochib berib, boshqarma va hududiy statistika boʻlimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda tizimda 2023- yil yakunlari  bo‘yicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar samaradorligi borasida va yoʻlga qoʻyilgan xato-kamchiliklar borasida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish hamda ish faoliyatini namunali tashkil qilgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.