05/12/2023

2023- yil yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 860,3 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur‘ati 123,6 %ni tashkil qildi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi Olmaliq shahar (25,1 %),  Bekobod shahar (24,2 %), Bo‘stonliq tumani (21,3 %) hamda  Angren shahar (21,1 %)da qayd etildi.  Ushbu xizmatlar hajmining nisbatan biroz o‘sishi Piskent tumanida kuzatildi – 16,1 %.