05/12/2023

Toshkent viloyatida 2023- yilning yanvar-sentabrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 418,0 mln. AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 30,5 %ini tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Quyi Chirchiq tumani 97,9 %, Yangiyo‘lshahri 97,7 %, Bekabod tumani 96,6 %, Qibray tumani 95,1 %, Bo‘ka tumani 92,5 %, Yuqori Chirchiq tumani 90,5 %, Zangiota tumani 88,5 % va Toshkent tumani 87,2 %ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich Olmaliq shahri 2,4  %ni tashkil etdi.