05/12/2023

Joriy yilning 5- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha navbatdan tashqari huquqiy targ‘ibot soati tashkil etildi.

 Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O’simliklarni himoya qilish to‘g‘risida” 877- sonli Qonun hujjati mazmun mohiyati tushintirildi.

Unda boshqarma xodimlariga yangi qabul qilingan Qonunning ahamiyati va vakolatli organlar vazifa va funksiyalari haqida to‘xtalib o‘tdi.