04/12/2023

Joriy yilning 4- dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 874-XII-sonli Qonun hujjati mazmun mohiyati  tushintirildi.