01/12/2023

2023- yilning yanvar-sentabrida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 418,0 mln. AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 30,5 %ini tashkil etdi.

 Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Quyi Chirchiq tumani – 97,9 %, Yangiyo‘l shahri – 97,7 %, Bekabod tumani – 96,6 %, Qibray tumani – 95,1 %, Bo‘ka tumani – 92,5 %, Yuqori Chirchiq tumani – 90,5 %,Zangiota tumani – 88,5 % va Toshkent tumani - 87,2 %ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich Olmaliq shahri – 2,4 %ni tashkil etdi.