30/11/2023

2023- yil 30-noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda agentlik xodimlari, universitet o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

1

Ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasining demografik koʻrsatkichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2-

Agentlikning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich mavzu bo‘yicha taqdimot qildi.

3

Taqdimotda 2023-yil 1-oktabr holatiga yurtimizda doimiy aholi soni 36 599,8 ming kishi boʻgani, shundan erkaklar soni 18 422,9 ming kishini, ayollar soni 18 176,9 ming kishini, shahar aholisi soni 18 667,2 ming kishini, qishloq aholisi soni 17 932,6 ming kishini tashkil etgani xususida maʻlumotlar berildi.

4

5

Ochiq muloqotda taʻkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining tugʻilishda kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,3 yosh bo‘lgan. Ushbu koʻrsatkich erkaklar uchun 72,1 yosh, ayollar uchun esa 76,6 yoshni tashkil etgan.

6

7

Tadbirda Demografiya statistikasiga oid maʼlumotlar stat.uz, gender.stat.uz, siat.stat.uz, aholi.stat.uz, nsdg.stat.uz, data.egov.uz kabi internet manbalarida eʻlon qilib kelinayotgani qayd etildi.

8

Ochiq muloqotda Statistika agentligi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

9

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

10