29/11/2023

2023- yil yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining o‘sishi 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hamda  chorvachilik mahsulotlari ham mos ravishda 102,1 %ni  tashkil qildi.

Dehqonchilik. 10 oyda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 816,6 ming tonna sabzavot yig‘ib olindi.

Bundan tashqari, barcha toifadagi xo‘jaliklarda 302,8 ming tonna kartoshka qazib olindi, 90,8 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.