28/11/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 83220,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,0 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,6 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 63852,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.