28/11/2023

⚪️2023- yil yanvar-oktabr oylarida Chinoz tumanida 765,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,6 %ni tashkil etdi. Jami sanoat mahsulotlari hajmida hududning ulushi 0,9 %ga yetdi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 4,0 mln. so‘mni  va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,7 mln. so‘mni  tashkil etdi.