28/11/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 8,7 foizga o‘sdi va 3 180,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,8 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning eng katta ulushi Bo‘stonliqda 13,6 foiz, Zangiotada – 12,3 foiz, Qibrayda – 10,6 foiz hamda Toskent tumanida 9,8 foiz kuzatildi.