23/11/2023

2023- yilning anvar–sentabr oylarida Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 14 608,3 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 54,7 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar – sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  223,3 ming tonna  go‘sht (2022- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 1,8 %ga ko‘p), 794,7 ming tonna sut (3,4 %ga ko‘p), 943,5 mln. dona tuxum (1,7 %ga ko‘p), yetishtirildi va 10 080,8 tonna baliq (30,2 %ga ko‘p) ovlandi.