22/11/2023

2023  yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizga ko‘chib kelganlar soni  21 ming 579 kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 834 kishiga ko‘paygan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent tumaniga- 2 536 kishi, Zangiota tumaniga- 2 273 kishi va Chirchiq shahriga- 2 111  kishi ko‘chib kelgan.

Shuningdek viloyatimizda ko‘chib ketganlar soni esa  21 982 tani tashkil qilib, o‘tgan yil bilan solishtirganda 4 979 kishiga kamaygan.Ko‘chib ketganlar sonining eng past ko‘rsatkichi Ohangaron shahrida-  347 kishi, Nurafshon shahrida -  359 kishi va Parkent tumanida -  411 kishini tashkil qildi.