10/11/2023

Joriy yilning 10- noyabr kuni Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘I M.Umarov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari  E.Urunov hamda Yangiyo‘l shahar  statistika bo‘limi boshlig‘i A. Raximqulov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi»  xizmatlar guruhi bo’yicha Yangiyo‘l  shahrida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

 Kuzatuv davomida registratorlar tomonidan xizmatlar narxlarini o'rganishda planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.