10/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 990,6 mlrd. so‘mga oshib, 22 540,0 mlrd. so‘mga yetdi.

Taqqoslama ekvivalentda 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9 %ni tashkil etdi. Oʻtgan yili ushbu koʻrsatkich 112,4 %ga toʻgʻri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (22,7 %), moliyaviy xizmatlar (14,7 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,3 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (3,4 %)da qayd etildi.