10/11/2023

Joriy yilning 10- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosarlari, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika bo‘limi boshliqlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Boshqarma boshlig'i o‘rinbosari E.Urunov soʻzga chiqib, hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan oʻzgarishlari haqida ham aytib o‘tildi.

Seminar davomida statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish,  xodimlarning ish faoliyati jarayoni boʻyicha tizimli nazorat o‘rnatish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.