08/11/2023

Viloatimizda 2023- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 181 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 876 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 490 ta
  • Qibray tumani – 3 443 ta
  • Toshkent tumani 2 782 ta
  • Chirchiq shahri 2 466 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 14 509 ta
  • sanoat sohasida – 7 109 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 192 ta
  • qurilish sohasida – 2 881 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 078 ta