08/11/2023

 Joriy yilning 8- noyabr kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda Statistika agentligi “Investitsiya va qurilish masalalari bo`yicha rivojlanishning maqsadli dasturlari indikatorlari va tahliliy axborotlarni shakllantirish” bo`limi yetakchi mutaxassisi D.Mamadjanov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari E.Urunov hamda O‘rta Chirchiq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Saparov ishtirok etishdi.

Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.