03/11/2023

2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 7 960,5 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,0 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,3 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani (955,4mlrd. so‘m), Yuqori Chirchiq tumani (730,2 mlrd. so‘m), Qibray tumani (661,3 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (563,0 mlrd. so‘m),Quyi Chirchiq tumani (537,8 mlrd. so‘m), Nurafshon shahri (461,2mlrd. so‘m) hamda O‘rta Chirchiq (425,2 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.