2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 1,5 % ga o‘sgan holda 20 746,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,9 %, sanoatda 100,3 %, qurilishda 108,5 % va xizmatlar sohasida 102,0 % ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi.