24/03/2023

🏢Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida ijara xizmatlari hajmi 484,9 mlrd so‘mga yetib, jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

 ✅ Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 %ga oshgan.

✅ Ko‘rsatilgan ijara xizmatlari hajmi bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri (110,5 %), Samarqand (102,7 %), Toshkent (101,6 %), Buxoro (101 %) va Qashqadaryo (100 %) viloyatlarida kuzatildi.