23/03/2023

2023-yilning yanvar oyida Toshkent viloyati bo‘yicha 435,0 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 256,2 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha 95,8 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 83,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 58,9 %, 22,0 % va 19,1 % ni tashkil etdi.