23/12/2022

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 5 525 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 666 taga yoki 13,7 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 5 073 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 555 taga yoki 12,3 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-noyabr oyida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 803 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 192 taga yoki 19,3 %ga kamayganligini ko‘rish mumkin.