10/05/2022

Joriy yilning 7-may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma boshlig`i Shuhrat Jamollitdinov hozirgi mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri ekanligini, ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi.

 

Shuningdek, korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida samarali va tizimli ish tashkil etadigan bo‘lsak davlatimizni rivojiga ulkan hissa qo‘shishimizni ta’kidlab o‘tdi.

Seminar davomida davlat statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, tizimli nazorat o‘rnatish va sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.