07/08/2026

📊2026-yil 7-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga xalqaro ekspert Hakan Demirbuken tashrif buyurdi. Tashrif doirasida boshqarma rahbariyati va xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida rasmiy statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistik hisobotlarni qabul qilish, statistik kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda sifatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro ekspert tomonidan ilg‘or xalqaro tajribalar, statistika tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlari va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.