📊Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkent viloyatida «Yalpi hududiy mahsulot va yashirin iqtisodiyotni hisoblash» mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Milliy hisoblar boshqarmasi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazildi. Unda tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari onlayn tarzda ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yalpi hududiy mahsulotni hisoblashning zamonaviy yondashuvlarini amaliyotga joriy etish, yashirin iqtisodiyot hajmini baholash usullarini takomillashtirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini xolis baholash hamda boshqaruv qarorlarini ishonchli statistik ma’lumotlar asosida qabul qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida yalpi hududiy mahsulotni hisoblash va tahlil qilish metodologiyasi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish, yashirin iqtisodiyotni baholashning xalqaro yondashuvlari, hududlar kesimida iqtisodiy faollikni tahlil qilish, shuningdek, statistik ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi va sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar hududiy iqtisodiy rivojlanishni baholashda yalpi hududiy mahsulotning o‘rni va ahamiyati, uning tarkibi hamda o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, shuningdek, yashirin iqtisodiyotni hisobga olish mexanizmlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Seminar yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada aniq baholash, statistik hisob-kitoblar sifatini oshirish va rasmiy statistika ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
<br



