2026-yilning yanvar–may oylarida Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi 3 302,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 528,3 mln AQSH dollariga yoki 19,0 % ga oshdi.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 1 192,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar–may oylariga nisbatan 53,6 % ga ko‘paydi. Import hajmi esa 2 110,5 mln AQSH dollariga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga o‘sdi.



