📊Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi eng quvonchli va ko‘tarinki bayramlardan biri — 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda har biringizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, yuksak g‘oya va tashabbuslaringiz, sport, ilm-fan hamda ijod yo‘lidagi yutuqlaringiz yangi O‘zbekiston poydevorini mustahkamlayotgan eng katta kuchdir.
Zero, yoshlar — yurtimizning nafaqat ertangi kuni, balki bugungi taraqqiyotimizning eng ishonchli tayanchi va bunyodkorlaridir.
Aziz yoshlar! Doimo izlanishdan, oʻrganishdan va yuksak marralarni zabt etishdan toʻxtamang. Kelajagimiz sizning qoʻlingizda! Barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi




