02/06/2026

2026- yil 1- aprel holatiga Toshkent viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 937 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 12 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 925 tani tashkil qildi.

2026- yilning yanvar-mart oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 3 348,7 mlrd so‘mga yеtdi. 2025- yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ga oshdi.

Bunda savdo aylanmasining 69,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Umumiy ovqatlanish sohasidagi eng yuqori o‘sish sur’ati Qibray (128,8 %) va Toshkent (122,1 %) tumanlari hamda Ohangaron (3,7 m. %) shahrida kuzatildi.