25/05/2026

2026-yil yanvar–mart oylarida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 37 034,3 mlrd so‘mni tashkil etib, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 86,3 % bo‘ldi.

Shuningdek:

  • tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 1 610,4 mlrd so‘m (3,7 %),
  • elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 4 134,4 mlrd so‘m (9,6 %),
  • suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 181,9 mlrd so‘m (0,4 %)ni tashkil etdi.