2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida ro‘yxatga olingan kichik korxona va mikrofirmalar soni 60 670 tani tashkil etdi.
Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni jami 41 537 taga yetdi. Shundan 2 263 tasi yangi tashkil etilgan korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining eng yuqori ulushi Zangiota tumanida qayd etildi. Mazkur tumanda 5 041 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritib, jami korxonalarning 12,1 foizini tashkil etdi.
Shuningdek, Qibray tumanida 3 643 ta yoki jami korxonalarning 8,8 foizi, Toshkent tumanida esa 3 055 ta yoki 7,3 foiz kichik biznes subyektlari faoliyat olib bormoqda.




